O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq oltinchi yalpi majlisida ko'rib chiqilgan qonunlarni targ'ib qilish bo'yicha Beruniy tumanida yig'ilish bo'lib o'tdi.

14-11-2023 | 10:34

184

Yig'ilishni Beruniy tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Matirzaev Umidjon  ochdi va olib bordi.

2023 yil 28-oktyabr` kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq oltinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 12 ta masala, shu jumladan 10 ta qonun muhokama qilingan, ushbu ko'rib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari senator Botir Matmuratov Beruniy tumanida bo'ldi va tushuntirish ishlarini olib bordi. 

Kun tartibidagi birinchi masala bo'yicha

  1. Kun tartibidagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirishlar kiritish haqida”gi hamda “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi Qonunlar yuzasidan Jinoyat ishlari bo'yicha Beruniy tumani sudi raisi Kamalova Ra'no Narbaevnaning axboroti tinglandi.
  2. Kun tartibidagi “O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha Beruniy tumanlararo sudi raisi Keunimjaev Joldas Abdullaevich
  3. Kun tartibidagi “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi hamda “Dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining o'lchamini oshirishga qaratilgan o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish to'g'risida”gi Qonunlar yuzasidan tuman Adliya bo'limi boshlig'i Raymbekova Saltanat
  4. Kun tartibidagi “Yo'l harakati to'g'risida”gi Qonun yuzasidan Yo'l xarakati bo'limi boshlig'i Yuldashev Dilshod

 

  1. Kun tartibidagi “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida so'z, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Bekmuratov Bayram so'zga chiqdi va o'z axborotlarini o'qib eshittirdi.