Maktab hisoboti. “Oila-ta'lim maskani-mahalla” prinspi amalda

20-11-2023 | 17:01

101

2023-2024 o'quv yilining birinchi choragi bo'yicha yakuniy hisobot Beruniy tumani MMTB ga qarashli 58-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tdi. Maktab Oltinsoy ovul fuqarolar yig'inida joylashgan bo'lib, tuman markazidan 45 kilometr olis hisoblanadi. Birinchi chorak yakuni, kuz-qish mavsumi tayyorgarligi hisoboti mahalla beshligi, maktab jamoasi hamda ota-onalar bilan birga ko'rib chiqildi. Maktab o'quvchilari soni 576 nafar bo'lib, ularga 60 nafar pedagoglar ta'lim-tarbiya berib kelmoqda. “Oila-ta'lim maskani-mahalla” tamoyili asosida ish olib borishning afzalliklari natijasida, shu kungacha maktab o'quvchilari o'rtasida huquqbuzarlik holatlari sodir etilmagan. Ta'lim-tarbiyadagi uzviy bog'liqlikni yanada yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha ota-onalar bilan kelishib olindi. Maktab kuz-qish fasliga tayyor bo'lib, ko'mir yoqilg'isiga moslashtirilgan. Hisobot so'ngida ota-onalar o'z fikr va takliflarini aytib, savollarga javob oldi.