11-09-2023 | 18:24
302
2023 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xom-ashyosini nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan yig'ib-terib olish ishlarini tizimli tashkil qilish maqsadida 151 ta otryad tuzildi. Mazkur otryadlar tarkibida jami 16582 nafar terimchilar terimda qatnashtirilishi rejalashtirilgan bo'lib, terimchilar ro'yhati to'liq nomma-nom shakllantirildi. Yetishtirilgan paxta hosilini uyushqoqlik bilan hamjihatlikda yig'ib-terib olinishini tizimli tashkil qilish bo'yicha tumanda “Paxta shtabi” tuzildi hamda shtab a'zolarining ish samaradorligini yaxshilash maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratildi. Mazkur tuman Shtabi tarkibida 6 ta guruh tashkil qilingan bo'lib, har bir guruhning yo'nalishidan kelib chiqqan holda tegishli soha vakillaridan mas'ul xodimlar biriktirildi hamda ularga o'z vazifalari belgilab berildi.
Bugun “Beruniy klaster” MCHJ ga kirib kelgan ilk paxta karvonlari ham hosil pallasining boshlanganidan darak berdi.
Paxta hirmoniga baraka tilab, el-ulusning yoshi ulug' nuroniylari oq fotiha berdi. Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori o'rinbosari YE.Qaipbergenov, sektor rahbarlari, qishloq xo’jaligi mas’ullari, OFY va MFY raislari ishtirok etdi. Ilk paxta karvoni bilan yetib kelgan fermer ho'jaliklari rahbarilari ishchi hodimlari va mexanizatorlari qimmatbaho sovg'alar bilan munosib taqdirlandi.
Ma'lumot uchun: Beruniy tumanida 2023 yil hosili uchun 9000 gektar maydonga paxta ekilgan bo'lib, mazkur maydonlardan 29050 tonna paxta xom-ashyosi yetishtirilishi rejalashtirilgan. Paxta xom-ashyosini yetishtiruvchi sub'ektlar bilan "Beruniy klaster" MCHJ o'rtasida fyu'chers shartnomalari tuzilgan.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi