Jinoyatdan holi hudud konsepsiyasi amalda.

18-09-2023 | 18:50

38

Bugun, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o'rinbosari SH.J.To'xtaboev, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori E.A.Tadjiev, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.I.Torebekovlar Beruniy tumanida bo'lib, mahalla beshliklari bilan uchrashdi.

Unda, tumandagi mavjud 40 ta mahallaning “qizil” toifaga kiritilgan 7 tasida olib borilayotgan ishlar yetarli samara bermayotganligi tanqid ostiga olindi, hudularning kriminogen vaziyati, jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi hamkorlikning natijadorligi borasida suhbatlashilib, kelgusida ishlarni aniq va manzilli reja asosida, samarali tashkil etish bo'yicha tavsiyalar, zaruriy topshiriqlar berildi.

Shundan so'ng, tuman Ichki ishlar bo'limining navbatchi qismida jinoyat va huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarni qabul qilish va ro'yxatga olish tizimini to'g'ri yo'lga qo'yilganligi, ushlanganlarni vaqtincha saqlash xonalaridagi sharoitlar, bo'limning vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishildi.