Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Korrupsiya faktlari haqida xabar berish uchun bog‘lanish

DIQQAT, «ISHONCH TELEFONI»!   Agar Siz Beruniy tumanida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari (yoki harakatsizligi)ga guvoh bo‘lsangiz tuman hokimligining 61 524-60-62 raqamli «Ishonch telefoni» orqali xabardor qilishingizni suraymiz.    Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Ishonch telefonlari" orqali qabul qilish haftaning barcha kunlarida 24 soat davomida uzluksiz amalga oshiriladi. Unda fuqarolar Beruniy tumanida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, shuningdek tuman hududida sodir etilgan yoki etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin. Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi. Agar berilayotgan maʼlumotlar yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bilan bog‘liq bo‘lmasa yoki tuman hokimligi faoliyatiga daxldor bo‘lmasa, u holda maʼsul xodim tomonidan uning xabar yuzasidan qayerga murojaat qilish kerakligi bo‘yicha tushuntirishlar beriladi. Qo‘ng‘iroq egasi tomonidan berilgan maʼlumotlar sir tutilishi kafolatlanadi. Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi va bildirgi asosida rahbariyatga kiritiladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Manzil: 230700, Beruniy tumani Xalqlar Do'stligi ko'chasi Telefon (qabulxona): 524-60-62