Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

YOSHLAR O'RTASIDA KIBERSPORT MUSOBAQALARI

02-02-2022 | 22:48

627

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-92-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida  Yoshlar ishlari agentligi, Turizm va sport bo'limi, Xalq ta'limi bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi va Axborot kutubxona markazi hamkorligida "Kibersport" musobaqasi bo'lib o'tdi.

Qizg'in ruhda kechgan musobaqada yoshlar o'zlarining mahoratlarini namoyish qilishdi va g'oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi. 

Tadbir yakunida yoshlar bilan ochiq suhbat o'tkazilib, yoshlar tomonidan bildirilgan takliflariga asosan tuman markazidan olis hududlardagi mahallalarda ham IT markazlar tashkil qilish hamda kibersport musobaqalarini tez-tez o'tkazib turishga kelishib olindi.                                    🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati