Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Xalq roziligi yo'lida. Sektor rahbari aholi orasida

03-02-2022 | 20:44

623

Beruniy tumani 2-sektor hududidagi “Navruz” MFY da 11 ta ko'p qavatli uylar bo'lib, u yerda 160 ta xonadonda, 420 ta oila doimiy yashab kelmoqda.

Sektor rahbari tashabbusi bilan o'tgan yillarda ushbu oilalar uchun munosib shart-

sharoit yaratib berish maqsadida, uylarning fasad, tom qismlari xomiylar hamda dastur asosida joriy ta'mirlandi, atroflari obodonlashtirildi, ariq zovurlar tozalandi, chiroqlar yangilandi va bolalar maydonchalari barpo etildi.

 

Bugun sektor rahbari bu xayrli ishlarni davom ettirgan holda, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi U.Turimov, yoshlar yetakchisi S.Aminov, sektor a'zolari, tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tuman DSENM, barcha kommunal tashkilot xodimlari bilan birgalikda aholining muammolarini mahallabay, xonadonbay o'rganish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini joyida hal qilish, tadbirkorlikka jalb etish va shu orqali bandligini ta'minlash maqsadida uyma-uy yurib, aholi bilan uchrashdi.

 

Kun davomida guruh tomonidan 73 ta xonadon o'rganildi, ularning 25 dan ortiq ijtimoiy muammolari aniqlandi, shundan, fuqaro N.Ashurovaning uy-joy masalasi, T.Igambetova va S.Kazakovalarning ishsiz qizi, kelinlari hamda shu yerda yashovchi boshqada ishsiz yoshlar uchun tadbirkor R.Tajimov tomonidan qurilayotgan hamda joriy yilning 21 mart kuniga ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan yangi xizmat ko'rsatish binosidan tikuvchilik sexi hamda ayollar sartaroshxonasini ochishga kelishib olinib, masalasi ijobiy joyida hal qilindi.

 

Bundan tashqari, nazorat organlari xodimlari tomonidan xonadonlar yong'in xavfsizligi bo'yicha ko'zdan kechirildi, mavjud muammolar joyida imkon qadar bartaraf qilindi, barcha xojatxonalar sanitariya gigiena qoidalariga muvofiq dorilandi, ichimlik suvidan oqilano foydalanish bo'yicha tushuntirish berildi, atrof muxit chiqindilardan tozalandi hamda   hudud aholisi ham faol ishtirok etdi.