Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Uch avlod uchrashuvi o'tkazildi

16-05-2023 | 19:01

607

Beruniy tumani Navoiy ovul fuqarolar yig'ini madaniyat markazida “Uch avlod uchrashuvi” bo'lib o'tdi. Uzoq yillar davomida mexnat qilib, turli sohalarda fidokorona xizmat qilgan nuroniylarning ibratli hayoti va ijodini yoshlarga o'rnak sifatida ko'rsatildi. 

Bugungi rivojlangan zamonda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va o'zgarishlar borasida suhbatlashib, najot ilmda ekanligini tushuntirishdi. Bir guruh faxriylar “Nuroniy” jamg'armasi Beruniy tumani bo'limi boshlig'i F.Annasafarov tomonidan taqdirlandi. Madaniyat markazi to'garak a'zolari ijrosidagi kuy-qo'shiq, raqslar barchaga manzur bo'ldi.                                                                                         Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati