Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

#Sektorlar faoliyatidan Aholi va yoshlar bilan uchrashuv. Murojaatlar o'rganilmoqda.

28-01-2022 | 21:17

619

Beruniy tumani 2-sektor rahbari tomonidan cektor hududidagi Lolazor mahallasida aholi va yoshlar bilan sayyor qabul bo'lib o'tdi. Qabul davomida aholidan kelib tushgan murojaatlar o'rganildi. 2022 yil “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yilida” fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimining yangi bosqichga ko'tarilishi shuningdek, har bir murojaatga individualyondoshgan holda o'rganish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Uchrashuv davomida aholi va yoshlardan 11 ta murojaat kelib tushgan bo'lsa, shundan 4 ta murojaat yoshlarga tegishli bo'lib o'zini-o'zi band qilish maqsadida mexnat qurollari bilan ta'minlash, doimiy ish bilan bandlik masalasi, kredit olish kabi murojaatlar kelib tushdi. Yoshlarning murojaatlari ya'ni dehqonchilik uchun yer ajratish va kredit masalasi sektor rahbari tomonidan batafsil tushuntirilgan bo'lsa, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar ya'ni elektr energiyasi sim yog'ochlarini almashtirish, ichki ko'chalarni ta'mirlash va doimiy ish bilan bandlik masalasi tegishli soha vakillari tomonidan nazoratga olindi. Shuningdek, Lolazor mahallasida og'ir hudud dasturi asosida bir qancha ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilanganligi bo'yicha ham sektor rahbari ma'lumot berib o'tdi.