Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Ochiq muloqot jarayonida aholidan kelib tushgan oqava suv masalasi hal etildi

31-05-2023 | 11:33

612

Aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etish va bu jarayonda kelib tushgan murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o'rganishlar olib borish bo'yicha Beruniy tumanida tizimli ishlar olib borilmoqda. Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayevning aholidan kelib tushayotgan eng ko'p murojaatlar yuzasidan hududlarda uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

 

1-sektor hududi Guliston mahalla fuqarolar yig'inidagi aholini oqava suv muommasi qiynab kelayotgan edi. Ochiq muloqot jarayonida mahalla raisi va ko'cha boshilaridan kelib tushgan murojaatga asosan, tuman hokimi masalani joyiga chiqqan o'rgandi. Natijada, ichki ko'chalarga ariq qazish uchun texnikalar jalb etilib masala hal qilindi. Endilikda aholi o'z tomorqasini ekib, kerakli mahsulotlar yetishtiradigan bo'ldi. Ochiq muloqot jarayonida tibbiy davolanish va uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha ham murojaatlar tegishli soha vakillari bilan birga ko'rib chiqildi.