Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Ko'makchilarning ko'magi. Bilasizmi dala ishlarida ayollardan iborat otryadlar?

18-05-2023 | 17:48

829

Qishloq ho'jaligi sohasida yana bir ishchilar borki, ularning mehnati bilan soha rivojiga qo'shilayotgan hissa alohida tahsinga loyiq. Mavsumiy ravishda dala ishlari bilan shug'ullanadigan, bugungi kunda mahalliy tilda “ko'makchi” opa-singillarimizning daladagi ish jarayonlarini kuzatar ekanmiz, mehnatining daromadidan oila boqayotganligining, kamisini to'ldirayotganining guvohi bo'ldik. 

18 nafar xotin-qizlar 5 gektar maydondagi paxta yagonalash ishlarini 8 soatda tugatib, har biri 70 ming sumdan xizmat haqqi olar ekan. Bir kun paxta yagonalash bo'lsa, ertasiga qovun ketmonlaymiz, bog'dorchilik ishlari, paxtani begona o'tlardan tozalash shu bilan to kech kuzgacha tinim yo'q har kuni ish bilan bandmiz deydi biz bilan suhbatda Muborak To'raboeva. 

Daromadimiz yaxshi tushlikda issiq ovqat, kelib ketishimizga mashina beradilar. Asosiysi ishimizni ishlaymiz bekor o'tirishga vaqtimiz yo'q deydi. Ayollarning chaqqon harakatlari sabab bir zumda paxta dalasidagi ishlar o'z o'rniga tushdi. Norasmiy kunlik ishning daromadidan, bugungi harakatidan rozi opa-singillarimiz ertaga yana bir dalada o'z mehnatlari ortidan katta ishlarga hissa qo'shadilar.              Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati