Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Ish bilganga ming tanga…

29-01-2022 | 21:54

705

Yaxshi yashash, yaxshi daromad topish. Bu hammaga yoqadi. Ammo buning ortida kata mehnat va harakat yotadi. Inson dunyoga kelar ekan albatta, o'z istak va orzularini real xayotda qo'llashga, shuning orqasidan tinch va farovon yashashga intiladi. Yangi tayinlangan hokim yordamchilari bilan mahallalarni aylanar ekanmiz, oilalarning kichik tadbirkorligi ortidan kelayotgan daromad kattagina ekanini tushunib yetdik.

O'rganishlar davomida Beruniy tumani Tinchlik OFY hududidagi Bozorvoy Kazakov xonadonida bo'ldik. Supurgi to'qish bilan shug'ullanadigan xonadon vakillari shinamgina uyda o'z ishlari bilan mashg'ul. 15 yildan beri shu ishni qilamiz kichik bo'lsa ham o'z ishimiz, tadbirkorligimiz bor shuning orqasidan 3 o'g'limni uylantirdim, uyli-joyli qildim, endilikda nevaralarimga o'rgatmoqdaman dedi suhbatdoshimiz.

10 so'tix yerga supurgi urug'ini ekib, shundan 400 dona supurgi ishlanadi. Tayyor mahsulotning bozordagi o'rtacha narxi 20 ming so'mdan, juda yaxshi mustahkamlari esa 50 ming so'mgacha boradi. Aslida oddiy ko'ringan uy supurgisini ishlashning ham sir-asrori bor ekan. Yilning 4 faslida ham ish topiladigan kasb turi.

Qaxramonimizning yoshi 60 dan o'tib qolgan. Shunda ham tetik va chaqqon, turmush o'rtog'i va nabirasi bilan birgalikda supurgi ishlab boshqalarga ham o'rnak bo'lmoqda. Oddiy xonadon egalarining og'izbirchilikda bajarayotgan ishlari o'rnak bo'lsa arzigulik. Hokim yordamchisi J.Berdibaev oilaning ishini yanada kengaytirish uchun bir qancha takliflarini berdi. Bu esa oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ko'proq daromad topish, bu orqali yanada kengaytirilgan ishlarni amalga oshirishga turtki bo'ladi.    Shuni aytadilarda ish bilganga ming tanga deb.