05-02-2022 | 17:19
567
Bugun Beruniy tumani tibbiyot birlashmasida Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlarida birinchi marotaba murakkab operatsiyalardan biri, buyrak ko'chirish ya'ni transplantatsiya amaliyoti bo'lib o'tdi. Bemorlarni jarrohlikka tayyorlash ishlari yakuniga yetgan. Aka singil Jumaniyozovlar buyrak ko'chirish amaliyotiga 6 oydan beri tayyorgarlik ko'rgan.
Akademik V.Vaxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yetakchi mutahassislari ishtirokida jarrohlik amaliyoti 5 soat davom etdi va muvaffaqiyatli yakunlandi. Buyrak transplantatsiyasi avvallari viloyat markazlarida amalga oshirilar edi. Endilikda tibbiyotdagi eng so'ngi texnologiyalar yordamida bunday murakkab operatsiyalar tumanlarda ham o'tkaziladi. Markazdan tashrif buyurgan jarroh transpantolog shifokorlar bilan birgalikda mahalliy shifokorlar ham ishtirok etib, bu jarayonning faol kuzatuvchisi bo'ldi. Yana 2 nafar bemorlarda mazkur operatsiyalar o'tkaziladi. Beruniy va Kegeyli tumani fuqarolari hozirda kasalxonada shifokorlar ko'rigi ostida jarrohlikka tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborgan.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Семинар по обучению профсоюзов
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi