25-05-2023 | 16:18
674
“Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman Oʼquv sport texnika klubi tomonidan 59 umumiy oʼrta taʼlim maktabi stadionida “Yozgi biatlon” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichlarida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan umumiy oʼrta taʼlim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan oʼquvchilardan iborat 4 ta jamoa tuman final bosqichida oʼzaro bellashdilar. Musobaqa ishtirokchilari “Yozgi biatlon” harbiy-sport musobaqasining shartlari yugurish, oʼq otish boʼyicha oʼgʼil bolalar alohida, qiz bolalar alohida bellashdilar. Keskin va qiziqarli oʼtgan musobaqa natijasiga koʼra, 13-maktab jamoasi 1-oʼrinni, 18-maktab jamoasi 2-oʼrinni va 46, 59-maktab jamoalari 3-oʼrinlarni egalladi. Gʼolib jamoalar va ishtirokchilarga “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman Oʼquv sport texnika klubining diplom va esdalik sovgʼalari topshirildi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi