16-09-2023 | 10:34
92
Mahallalarda yoshlar balansini yurgizish, ularning muommo va murojaatlarini o'z vaqtida o'rganish hamda kerakli yordam turlarini berish, bandligini ta'minlash borasida bir qancha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2023 yil 11-aprel kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida har bir vazir, vazir o'rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, davlat tashkilot va muassasa rahbarlariga e'tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilangan edi. Natijada mahallalardagi yoshlar o'rganilib, ular bilan suhbatlar tashkil etildi. Beruniy tumanida bu o'rganishlar davomida 1858 nafar e'tiborga muhtoj yoshlar aniqlanib, ularning 704 nafariga o'rganishlar asosida turli kerakli jihozlar tikuv mashinasi, payvandlash uskunasi, sartaroshxona jihozlari, mini pechlar hamda tibbiy davolanishga muhtoj yoshlarga esa moddiy tomonlama yordamlar ko'rsatildi. Nafaqat bu yordamlardan yoshlarning o'zlari, davlat e'tiboridan ota-onalar ham xursand. Bugun har bir o'zbekistonlik, qoraqalpog'istonlik yoshlar Prezident e'tiborida ekanligini unutmasligi lozim.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari