“Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga yordam

08-02-2023 | 16:53

595

Bugungi kunda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tuman soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar uchrashgan holda ularning muammolarini o‘rganib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatilmoqda.

Joriy yil yanvar oyi belgilangan prognoz 7 mlrd 403,0 mln. so`m bo`lib, tumanimiz  soliq to`lovchilar tomonidan byudjetga 6 mlrd 925,7 mln. so`m miqdorida  soliq to`lanib 94 foizga bajarildi

Joriy yil yanvar oyida 269-ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq organlariga aloqador masalalar bo‘yicha 116-ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Joriy yilning yanvar oyida “Soliq hamkor” dasturi orqali Beruniy tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 14-ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 4 ta murojaat turli xil sabablarga ko‘ra rad qilingan. Ularning 9 tasida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlandi.

Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, bugungi tadbirkor kechagisidan tubdan farq qiladi. Qonunchiligimiz ham ular uchun qator yengillik va qulaylik yaratishga qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga o‘z-o‘zidan chek qo‘yilmoqda. Halol tadbirkor uchun shaffof va qonuniy ishlaydigan davr keldi. Shu bois, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni bugun 1 198 nafarni tashkil etmoqda.

Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning yanvar oyida tumanda 9 065 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.