Sayyor sud davomida

29-11-2022 | 12:23

728

Oʼzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʼmaklashuvchi ”Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman oʼquv sport texnika klubida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аmudaryo tumani Jinoyat ishlari boʼyicha sudi bilan hamkorlikda Jinoyat kodeksining transport vositasi harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish hamda maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir qilgan fuqarolarning ”Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman oʼquv sport texnika klubida avtotransport vositalari haydovchilari tayyorlov oʼquv guruxlarida oʼqiyotganlar oldida Qoraqalpogʼiston respublikasi Аmudaryo tumani Jinoyat ishlari boʼyicha sudi raisi J.Urazbaev raisligida, Beruniy tumani prokurorining yordamchisi S.А Yusupov, Beruniy tuman IIB JXX probatsiya guruhi inspektori, kapitan B.Palmanov ishtirokida sayyor sud oʼtkazildi.Oʼtkazilgan sayyor sud davomida boʼlajak haydovchilar mast boʼlib avtomobil boshqarish, yoʼl transport hodisasi sodir qilish, tegishli hujjatsiz avtomobil boshqarish oqibatida nimalar sodir boʼlishini koʼrdilar. Kelajakda haydovchilik guvohnomasi olgandan keyin yoʼllarda haydovchilik madaniyatini saqlash boshqa haydovchilarni hurmat qilish, yoʼl harakati qoidalariga qati’y rioya qilish toʼgʼrisida tashviqot targʼibot oʼtkazildi