17-02-2023 | 09:40
600
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri - Fuqaro muhofazasi boshlig'ining 2023-yil 6-yanvardagi 1-sonli buyrug'i va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi-Fuqaro muhofazasi boshlig'ining 2023-yil 9-yanvardagi 1-sonli buyrug'i shuningdek Beruniy tumani hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig'ining 2023-yil 11-yanvar` kunidagi “Tuman aholisini va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo'yicha 2022-yilda bajarilgan ishlar va
2023-yildagi asosiy vazifalar to'g'risida”gi 1-sonli buyrug'iga asosan, joriy yilning 15 fevral kuni “Odamlar va hayvonlar o'rtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusidagi maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi.
Maxsus-taktik o'quv mashqi davomida asosiy e'tibor O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog'liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 202-sonli qaroriga asosan, joylarda daydi itlar va boshqa qarovsiz qolgan hayvonlar bilan bog'liq epizootik va ipidemik vaziyatning barqarorligini ta'minlash borasida olib borilayotgan tadbirlar samaradorligiga, shuningdek Beruniy tumani FVDTning hududiy quyi tizimlari tegishli xizmatlarining tayyorgarligiga qaratildi.
Maxsus-taktik o'quv mashqi 3 ta bosqichda bo'lib o'tdi:
- tuman Tibbiyot birlashmasi xayvonlardan jaroxatlangan fuqarolarga Antirabik tibbiy yordam ko'rsatish,
- tuman Vetirinariya bo'limi mahallalardagi itlarni emlash bo'yicha amaliy harakatlari;
- tuman Obodonlashtirish boshqarmasining qarovsiz xayvonlarni tutish va saqlash bo'limi faoliyatini o'rganish;
Maxsus-taktik o'quv mashqi o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarga va tumanda kelgusida qarovsiz xayvonlarni tutish va yo'qotish bo'yicha chora-tadbirlarni sifatli samarali va uyushqoqlik bilan amalga oshirilishiga ijobiy turtki bo'ldi.
Maxsus-taktik o'quv mashqi yakunida, Qoraqapog'iston Respublikasi FVDTning funksional va hududiy quyi tizimi xizmatlari favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ularni bartaraf etishga “Cheklangan tayyor” deb baholandi.
O'tkazilgan maxsus-taktik o'quv mashqida jami 32 nafar xodim va 4 ta texnika 66-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 96 nafar o'quvchi hamda ishchi hodimlari jalb qilindi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi