18-05-2023 | 17:59
531
Inson qadrini uluǵlash, bugunidan rozi bólishi uchun mamlakatimizda tom ma'noda katta ishlar olib borilmoqda.
Har bir hududda zamonaviy binolar, ijtimoiy soha obye'ktlari ta'mirlanib ishga tushirilmoqda. Bularning barchasi xalq farovonligi yólida olib borilayotgan sa'y harakatlardir.
Davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga alohida e'tibor berilmoqda. Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jóqarǵi Kengesi Raisining Beruniy tumanida aholi bilan ótkazgan sayyor qabullari davomida farzandlarining sunnat tóylarini ótkazib berishni sórab murojaat qilgan fuqarolarning bugun murojaatlari ijobiy hal qilindi.
6 nafar ehtiyojmand oila vakillarining bolajonlariga xayriya sunnat tóylari ótkazib berildi. Har bir ota-ona farzandi dunyoga kelgach uning yaxshi kunlarini, tóylarini kórishni istaydi. Bugun ota-onalarning quvonchi cheksiz tóy bola libosidagi farzandining kulgusini butun dunyo eshitganday góyo.
Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev barchani tóy-tantanalar bilan samimiy tabrikladi. Bolajonlarga sovǵa sifatida velosiped va tóyonalar ulashdi.
Nuroniylar duoga qól ochib, tinch va farovon hayotimizga shukronalar aytgan bólsa, bolajonlarning ezgu kamolini kórib yurishni nasib qilsin deya yaxshi niyatlar bildirdi.
👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari