#Yurtimizda bayram #30-iyul “Xalqlar do'stligi kuni”

30-07-2022 | 17:14

692

Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv, o'zaro qarindosh-urug' bo'lib yashab kelmoqda. Diyorimizda o'tkaziladigan har bir bayramning o'zgacha timsoli va ma'nosi bor. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich tomonidan 2021 yil Oliy Majlisga Murojaatnomasida 30-iyul sanasini yurtimizda “Xalqlar do'stligi” kuni sifatida keng nishonlash taklif qilingan bo'lib, parlament tomonidan 30 iyul «Xalqlar do'stligi kunini belgilash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

 

Bugun Beruniy tumanida o'tkazilgan bayram tadbiri ham tumanda istiqomat qilayotgan turli millat an'analarini namoyish qilish, yosh avlodga o'rgatish ruxida bo'lib o'tdi. Bayramning teatrlashgan sahna ko'rinishlarida esa milliy qadriyatlar, o'zaro do'stlik tarannum etildi.

 

Turli millat tillarida qo'shiqlar kuylandi. Bayram munosabati bilan rasmlar tanlovi hamda madaniyat markazlarining jamoalarining faol ishtiroki uchun maxsus diplom va qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirlandi. Shu bilan bir qatorda tumandagi mahallalarning faollari ham nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandi.