20-04-2022 | 18:29
444
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-6166-son Farmonida 2021-yil 1-maydan boshlab barcha davlat organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni faqat “Ijro.gov.uz” tizimida amalga oshirilishi belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy hududiy bo'linmalarini “ijro.gov.uz” tizimiga ulash va ularni elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta'minlash nazarda tutilgan.
Joriy yilning 18-martida “Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-173-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida quyidagi davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) darajasidagi bo'limlariga yuridik xizmat ko'rsatilishiga yana 10 ta tashkilot belgilandi.
Yuqoridagilarga asosan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarining ijrosini o'z vaqtida va sifatli ta'minlash maqsadida joriy yilning 25-aprel kuniga qadar tuman (shahar) darajasidagi quyi tashkilotlar zamonaviy kompyuter qurilmalari bilan ta'minlash va optik tolali internet tarmog'iga bog'lash hamda mazkur internet orqali “Ijro.gov.uz” tizimiga ulash shuningdek, tuman (shahar) larda tashkil etilgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari bilan “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali ishlovchi mas'ul xodimlarga vazifa belgilash to'g'risida tushuntriishlar berildi.
Ushbu yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi 5168-sonli “Davlat organlari va tashiklotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan 2021-yilning 1-oktyabridan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)larida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etilganligi to'g'risida hamda markazlar tomonidan davlat organlarining tuman bo'linmalariga yuridik xizmat ko'rsatish “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshirilib kelayotganligi haqida tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari joriy yilning 18-martida Prezidentimizning “Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 173-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida quyidagi davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) darajasidagi bo'limlariga yuridik xizmat ko'rsatilishi belgilanganligini: Xususan,
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari