“Yoshlar va ayollar daftari” bo'yicha Beruniyda media tur bo'lib o'tdi.

30-06-2022 | 17:10

461

“Ijtimoiy daftar”ga kiritilgan fuqarolarga tizimli yordam berish, yangi tadbirkorlik sube'ktlarning ishlash sharoitlarini yanada yaxshilash masalasida olib borilgan ishlar natijalarini o'rganish maqsadida “Ayollar va yoshlar daftari” da ro'yxatda turib, o'z ish faoliyatini boshlagan fuqarolarning ish jarayonlari bo'yicha Beruniy tumanida media tur tashkil etildi.

Bunyodkor, Shabboz, Amir Temur, Jayxun va Saroyko'l maxalla fuqarolar yig'inida imtiyozli kredit asosida o'z ishini boshlagan yoshlar bugun topayotgan daromadidan ma'mnun. Mirabbos Aytbaev Jayxun mahallasida istiqomat qiladi. Imtiyozli davr bilan kredit olib, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish ustaxonasini ochgan. Hozirda shogirdlari bilan birgalikda bu sohani kengaytirishni reja qilgan.

Amir Temur mahallasida tikuvchilik sexi tashkil etilgan bo'lib “Ayollar daftari”da ro'yxatda turgan xotin-qizlar bugungi kunda shogirdlikka olinib, o'z ishlarini boshlash arafasida. Media tur davomida ayollar va yoshlar tomonidan olib borilayotgan ishlarning bugungi kun talabi darajasida ekanligining guvohi bo'ldik.

 

Ma'lumot o'rnida:

Beruniy tumanida 2022 yil holatiga “Ayollar daftari”ga 6 toifa bo'yicha 3180 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo'lib, shu kungacha yordamlar berilganlar soni 1653 nafarni tashkil etadi.

Shundan 1230 nafarining ish bilan bandligi ta'minlandi. 61 nafariga imtiyozli kreditlar berilgan bo'lsa, 360 nafariga bir martalik moddiy yordamlar berilgan.

Beruniy tumanida 40 ta mahallalarda “Yoshlar balansi” shakllantirililgan bo'lib unga ko'ra, mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan 16-30 yoshdagi 41 ming 563 nafar yoshlar shundan 20 ming 405 nafari xotin-qizlar to'liq xatlovdan o'tkazilib, 5 ta toifa (bandlik, ta'lim, oilaviy, ijtimoiy va salomatlik holatlari) asosida “Yoshlar balansi” shakllantirildi.

Yil boshidagi xatlov va o'rganishlar natijasida “Yoshlar daftari”ga 1 ming 314 nafar yoshlar kiritildi. Mahallalarda hokim yordamchilari bilan birgalikda hozirgi kunda 546 nafar yoshlar ishga joylashtirildi.

Shuningdek,  2022 yil davomida subsidiya ajratish orqali 105 nafar yoshlarga asbob-uskuna berilib, o'zini o'zi band qilindi.