Yoshlar siyosati amalda

19-04-2023 | 16:00

531

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2023 yil 11 aprel kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida har bir vazir, vazir o'rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, davlat tashkilot va muassasa rahbarlariga e'tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o'rinbosari A.Daniyarov tumandan o'ziga biriktirilgan 70 nafar yoshlar bilan uchrashib, ularning muommolarini aniqlab, murojaatlarini tingladi. Yoshlar markazida

tashkil etilgan uchrashuvda yoshlarni kasb-hunarga o'qitish, IT bo'yicha kurslarga qatnashini tashkil etish borasida takliflar berildi. Shuningdek, tibbiy davolanishga muhtojligi bor yoshlar tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan nazoratga olindi va sog'ligini tiklash uchun amaliy yordam beriladigan bo'ldi.