Yoshlar oyligi doirasida “Yozgi biatlon” harbiy sport musobaqasi oʼtkazildi.

23-06-2022 | 09:48

402

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2022 yildagi PQ-201-sonli Qarori va mahallalarda yoshlar oʼrtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda 2022 — 2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi 67-maqsadida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yoshlarning yoz faslida boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida 30-iyun “Yoshlar kuni “ bayramiga bagʼishlab Oʼzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tumani Oʼquv sport texnika klubi tomonidan Beruniy tuman hokimligi, Xalq taʼlimi boʼlimi, Yoshlar ishlari agentligi  bilan hamkorlikda Beruniy tumani 2-sektor mahalla yoshlari oʼrtasida 59-umumiy o’rta taʼlim maktabi stadionida “Yozgi biatlon” (yugurish, oʼq otish, yugurish) harbiy – sport musobaqasi oʼtkazildi. Musobaqada yuqori natija koʼrsatgan Yuldashev Sherali, Nurullaev Аbbos, Аxmedov Ogʼabek, Oʼrozboeva Sevinchoy, Baxtiyorova Munisa, Rozimova Muboraklarga 25-iyun kuni o’tkaziladigan final bosqichiga yoʼllanma berildi.