Yoshlar davrasi. Sport, mantiqiy bilimlar va tezkorlik musobaqalari

07-02-2022 | 23:26

444

Bugun Beruniy tumani yoshlarining kuni bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz. Kun davomida yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, sportga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish, inttelektual o'yinlarga bo'lgan ishtiyoqini namoyon qilish maqsadida bir qator tadbirlar Beruniy tumani hokimligi, sektor rahbarlari va qator tashkilotlar hamkorligida o'tkazildi. 

Zakovat intellektual o'yinlari, sport musobaqalari yoshlarni bir davrada birlashtirdi. Tuman markazidagi amfiteatr oldida o'tkazilgan sport ko'rgazmalari, harbiy vatanparvarlik chiqishlari yoshlarning olqishlariga sazovor bo'ldi.   

Yoshlar o'rtasida kamondan o'q otish, qo'l qayirish (aremlesting), arqon tortish kabi sport musobaqalarining yakka va jamoaviy kurashlari qizg'in tusda, ko'tarinki ruhda kechdi. G'oliblar  esdalik sovg'alari va diplom hamda medallar bilan taqdirlandilar.

Yoshlar ishtirokidagi kontsert dasturlari, el ardog'idagi xonandalar bilan birgalikda tuman markazidan olisdagi Do'stlik OFY va Qurolpa aholi manzili yoshlari uchun “Yoshlar gulhan atrofida” madaniy tadbirlari ham o'tkazildi.                                                                                                      🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati