16-01-2023 | 10:42
368
Yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularni sportga yanada yaqinlashtirish bo'yicha mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Aytib o'tish joizki, so'ngi yillarda sportga berilayotgan e'tibor sabab turli sport yo'nalishida yoshlar bir qancha yuqori natijalarga erishdi. 2022-yil yakunida Muay tay sport turi bo'yicha Beruniy tumanidan yosh sportchi Asror Karimov bir qancha yuqori marralarni egalladi. Asror 5 karra O'zbekiston chempioni, milliy terma jamoa a'zosi. 2022-yil iyun oyida Abu Dabi shaxrida o'tkazilgan jaxon chempionatida faxrli 2-o'rin sohibi. Yil yakunida esa yosh sportchiga Muay tay sport turi bo'yicha “Xalqaro toifadagi sport ustasi” va “O'zbekiston sport ustasi” guvohnomalari O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan topshirildi.
Asrorning yutuqlari beruniylik yoshlarning yutuqlari desak aslo mubolag'a emas. 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbirida, Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev sportchini erishgan yutuqlari bilan munosib taqdirladi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari