"YOSH GVARDIYACHI" HARBIY SPORT MUSOBAQASINING TUMAN BOSQICHI O'TKAZILDI

15-04-2023 | 10:14

497

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Xalq ta'lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi bilan hamkorlikda qabul qilingan qo'shma qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida Beruniy tumani qo'riqlash bo'limi tomonidan tumandagi umumta'lim maktablari o'quvchilari orasida "Yosh gvardiyachi" harbiy sport  musobaqasi tashkil etildi.

 

Musobaqaga tumandagi  umumta'lim maktablarining o'quvchilari tarkibidan jami 5 ta jamoa ishtirok etdi. Bellashuvlarning har bir yo'nalishi bo'yicha yuqori natijalarni ko'rsata olgan jamoalar ichida birinchi o'rinni 54-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasi, ikkinchi o'rinni 15-sonli maktab jamoasi va uchinchi o'rinni esa 59-maktab jamoalari egalladi. G'olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.