13-05-2022 | 22:27
466
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman O‘quv sport texnika klubida haydovchilikka o‘qiyotganlarga QR IIV Beruniy tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari JXX boshlig‘i mayor DJabbarov O‘ktam , QR IIV Beruniy tuman YHXB boshlig‘i katta leytenant Aminov Dilshodlar tomonidan tumanimizda sodir bo‘layotgan yo‘l transport hodisalarining oldini olish mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Bo‘lajak haydovchilarga yo‘llarda xarakat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish va Yo‘l transport hodisalarining oldini olishda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Yo‘l transport hodisalari tumanimizda juda ko‘payib ketayotgani eng achinarlisi ular inson o‘limi bilan tugayotganligi YTH hodisalarining ko‘pchiligi tezlikni oshirish, mast holda avtomobil boshqarish, yo‘l harakati qoidalariga bepisandlik bilan qarash oqibatida kelib chiqayotganligi haqida gapirib berdilar. Shuningdek Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar haqida ham ma’lumot berdilar. Bo‘lajak haydovchilarga Vazirlar Mahkamasining 12.04.2022 yildagi 172-son qarori bilan Yo‘l harakati qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanganligini yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan kuchga kirgani haqida ma’lumot berdi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari