"Yo‘llarda harakat xavfsizligi qoidalari”. AVTOKARVON tadbiri

31-01-2023 | 16:41

669

"Vatanparvar" tashkiloti Beruniy  tuman o‘quv sport texnika klubi hamda QRIIV JXX YHXB inspektori A.Xudaynazarov va katta serjant safdor T.Utemuratov  QRIIV YHX Beruniy  tuman bo‘limi  YHXB boshligʼi, kapitan D.Yuldashev, QR IIV YHXB  1-TRIB boshlig’i podpolkovnik U.Sabirovlar  bilan hamkorlikda "Vatanparvar" tashkiloti Beruniy tuman O‘STK o‘quvchi yoshlari, ishchi xodimlari   va tuman aholisi ishtirokida, "Yo‘llarda  harakat xavfsizligi qoidalari",YTH  ning oldini olish bo’yicha  profilaktik AVTOKARVON tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda bugingi kunda  yo‘l transport hodisalari tumanimizda juda  ko‘payib ketayotgani eng achinarlisi ular inson o‘limi bilan tugayotganligi ,YTH hodisalarining ko‘pchiligi tezlikni oshirish, mast holda avtomobil boshqarish, yo‘l harakati qoidalariga bepisandlik bilan qarash oqibatida kelib chiqayotganligi haqida jonli misollar bilan ma’lumotlar  berildi. Tadbir davomida  yo‘l transport hodisasiga uchragan avtoulov hamda "Vatanparvar" tashkiloti Beruniy  tuman O‘STK o‘quv avtomobillari ishtirokida avtokarvon tashkillashtirildi. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad aholini ayniqsa yoshlarni sergaklikka chaqirish, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini yo‘llarda harakatlanganda xushyor bo‘lishga chaqirishdan iborat.