Yoʼl qoidasi umr foydasi

20-06-2022 | 10:27

433

Oʼzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʼmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Beruniy tuman oʼquv sport texnika klubi tomonidan ”Rohat” bolalar dam olish va sogʼlomlashtirish oromgohida dam olayotgan bolajonlarga “Yoʼl qoidasi umr foydasi” maʼnaviy-maʼrifiy targʼibot tadbiri oʼtkazildi. Uni “Yoʼl harakati qoidalari” fani oʼqituvchisi mutaxassis Saparbayev Mansur tashkilotning koʼchma yoʼl belgilaridan foydalangan holda avtomobil yoʼlining serqatnov qismiga joylashgan maktablarda yoʼl harakati qoidalari, piyodalar joyidan oʼtish qoidalari piyodalar uchun belgilangan joydan harakatlanishi, yoʼllarni kesib oʼtayotganda quloqchinlarini vaqtincha yechib, telefonda gaplashmasdan, chalgʼimasliklarini batafsil tushintirdi.                           Shuningdek, yoʼllarda hamisha hushyorlikni oshirish, yoʼllarda yurganda telefondan foydalanmaslik , belgilangan yoʼl belgilari va svetaforga qatʼiy rioya qilinishi kerakligi uqtirildi.

 Bolajonlarga yoʼllarda harakatlanish qoidalariga amal qilishlari faqat oʼzining xavfsizligiga emas, balki boshqa harakat ishtirokchilarining ham xavfsizligini oʼylashi kerakligi tushintirildi. Oʼquvchi yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga toʼliq javob oldi. Tadbirda faol qatnashgan oromgoh tarbiyalanuvchilari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.