Yangi yil bayrami ko'ngildagidek o'tsin

27-12-2022 | 10:28

387

Yangi yil tadbirlarini ko'ngildagidek o'tkazish, favqulodda vaziyatlar sodir bo'lishining oldini olish maqsadida Beruniy tumanida bayram oldi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Favqulodda vaziyatlar tuman bo'limining maxsus o'quv taktik mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Beruniy tumani markazida joylashgan yangi yil archasi, o'zgacha tarovat bilan xalqimizning bayram kayfiyatini yanada ko'tarmoqda. Ammo, ehtiyotsizlik sabab kelib chiqadigan yong'inlarning oldini olish maqsadida o'tkazilgan amaliy mashg'ulot davomida tayyorgarliklar yana bir bor ko'zdan kechirildi.

Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev sodir bo'lishi mumkin bo'lgan holatlarning oldini olish, aholining bayram kayfiyatiga ta'sir qiluvchi salbiy holatlar kelib chiqmasligi bo'yicha tegishli tartibda rahbarlarga topshiriqlar berdi. Tuman markazidagi 22 metrlik yangi yil archasi atrofida favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan navbatchilik tashkil etilgan. Har kungi kontsert dasturlari va arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi  aholining bayramona kayfiyatini ko'tarishga xizmat qiladi.