04-03-2022 | 09:22
581
Beruniy tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida “Yangi O'zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda Beruniy tumani targ'ibot guruhi a'zolari qatnashib, ishtirokchilarni bahor bayrami bilan muborakbod etdi.
Tadbirda kasb-hunar maktabida tahsil olayotgan faol o'quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari namoyish qilindi.
Ishtirokchilar buyuk allomalar hayoti aks etgan, uyg'onish va renessans davri oid tarixiy ma'lumotlar shuningdek, bugungi kundagi yoshlarning erishayotgan yutuqlari, ayrim yoshlar tomonidan internetdan bilib-bilmasdan, noto'g'ri foydalanishlari oqibatida salbiy holatlarning yuzaga kelishi, voyaga yetmagan yoshlar o'rtasida erta turmush holatlarining sodir bo'lishi aks etgan sahna ko'rinishlari barchada katta ta'ssurot qoldirdi.
Bu tadbirning tashkil qilinishidan asosiy maqsad, bugungi kunda yoshlarimizni rivojlanayotgan, kundan kunga chiroy ochayotgan yangi O'zbekistonimizda bo'layotgan yangiliklar, o'zgarishlardan xabardor qilish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, keng ko'lamli qurilish va obodonlashtirish ishlarini jamoatchilikka yetkazish, butun jahon ilm-fani taraqqiyotiga o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shgan, butun dunyo tan olgan alloma
bobokalonlarimiz, “Islom madaniyatining oltin asri” hisoblangan IX-XII asrda butun dunyo islom olamining faxri va g'ururiga aylangan ulamolarimiz, XV asrga kelib Buyuk Amir Temur bobomizning ilm-fan va madaniyatni qo'llab-quvvatlashi natijasida yuzaga kelgan Temuriylar davlatchilik tarixini o'rgatishdan iborat bo'ldi.
Davlat rahbarining Yangi O'zbekistonni barpo etishdagi eng asosiy omillardan biri maktab ekanligi, o'qituvchining jamiyatdagi mavqeini oshirish, yoshlarni ilm-fanga yo'naltirish, uchinchi Renessans poydevorini qurish umummilliy g'oya darajasiga ko'tarilganligini bugungi avlodga tushuntirishdan iboratligi, bundan tashqari, yurtimizda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, yoshlarni turli yot g'oyalar ta'siriga tushib qolishning oldini olishdan iboratdir.
Tadbir so'nggida tadbirda faol ishtirok qilgan o'quvchi yoshlar maktab rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.