Yangi mehnat kodeksi bo'yicha seminar tashkil etildi

06-04-2023 | 09:30

479

Yangi mehnat kodeksi bo'yicha Beruniy, To'rtkul hamda Ellikqal'a tumanlari byudjet tashkilotlari rahbarlari va kadrlar masalasi bo'yicha mutahassislariga o'quv seminari o'tkazildi. Ishga qabul qilish jarayonida hodimning haq-huquqlari, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish tartiblari to'liq misollar bilan tushuntirildi.

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Davlat mexnat inspeksiyasi boshlig'i A.Sharapov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat mexnat huquq inspeksiyasi boshlig'i M.Qurbanov va B.Allambergenovlar ishtirok etdi.