Xotin-qizlar muammolarini o'rganib...

18-02-2022 | 22:00

527

Beruniy tumani “Navoiy” ovul fuqarolar yig'inida 2-sektor rahbari bilan xamkorlikda xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish maqsadida “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlar bilan davra suhbati o'tkazildi.  
 
“Navoiy” ovul fuqarolar yig'inida faoliyat yuritayotgan “Ayollar maslaxat kengashi” a'zolari bilan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish,  ularning bu boradagi savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazish,  xotin-qizlarning muammolarini o'rganish hamda yordamga muhtoj va og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo'lgan ayollarga o'z vaqtida ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko'rsatish.

Shuningdek,  xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish ishlarini tashkillashtirishga ko'maklashish orqali ularning bandligini ta'minlash maqsadida hokim yordamchisi bilan hamkorlikda muammolarni hal etish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.                                                                                

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati