Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot

16-06-2022 | 16:33

443

Mahallada ma'naviy muhitni mustahkamlash ayniqsa, ayollar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar profilaktikasi doirasida olib borilayotgan amaliy ishlarni o'rganish hamda mazkur masalalarni mahalladagi faol xotin-qizlarga tushuntirish maqsadida Beruniy tumani Xorazm mahalla fuqarolar yig'inida ayollar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

 

Ochiq muloqot tuman hokimining o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Kozieva, tuman Ichki ishlar bo'limi inspektor psixologi G.Jumabaeva va N.To'xtaboevalar ishtirokida olib borildi. Huquqbuzarliklar sodir etishga moyilligi bo'lgan xotin-qizlarni aniqlash, “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam berish masalasida ham suhbatlar o'tkazildi.