29-06-2022 | 20:13
502
Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Saparbaeyv Atabek Xudaybergenovich ochib berdi va olib bordi.Sessiya majlisida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Sessiya kun tartibidagi birinchi masala.
Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala.
Sessiya kun tartibidagi uchinchi masala.
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan Beruniy tumani mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i Shamuratov Jaxongir Maxsudovich axborot berdi.
Sessiya kun tartibidagi to'rtinchi masala.
Kun tartibidagi masala yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Beruniy tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri v.v.b. Atadjanov Odilbek Nurillaevich axborot berdi.
Sessiya kun tartibidagi beshinchi masala.
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan Beruniy tumani hokimi Saparbaev Atabek Xudaybergenovich axborot berdi.
Barchangizga ma'lumki mamlakatimizda yoshlarga bo'lgan e'tibor kundan kun ortib bormoqda.Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va ijtimoiy faol bo'lmagan yoshlar bilan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shuningdek, oliy ta'lim tashkilotlari talabalari o'rtasida intellektual sog'lom raqobatni shakllantirish, talaba va yoshlarning bilim va salohiyatini yanada oshirish hamda ularni rag'batlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi “Yoshlar muammolarini o'rganish va hal qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 312-sonqarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan:
- tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg'armalarining daromadlar va xarajatlar parametrlarini, ularning ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni, ish rejalarini tasdiqlash hamda mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog'liq boshqa vakolatlar tegishlicha tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg'armalari Vasiylik kengashlari tomonidan amalga oshirilishi;
- tuman (shahar) hokimlari - tegishli tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg'armasi Vasiylik kengashi raisi hisoblanishi;
- tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg'armalari Vasiylik kengashlari a'zolarining faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etilishi;
- Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg'armalari daromadlarining barqaror shakllantirilishi va o'z vaqtida moliyalashtirilishini doimiy nazorat qilib borish tavsiya etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi 312-son qarori 1-ilovasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lardagi «Yoshlar daftari» jamg'armalari to'g'risidagi Nizom tasdiqlangan va unda Hududiy va tuman (shahar) «Yoshlar daftari» jamg'armalari mablag'larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida Vasiylik kengashi tuzilishi hamda Vasiylik kengashi tarkibi Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, shuningdek, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq tasdiqlanishi belgilangan.
Shunga muvofiq Xalq deputatlari tuman Kengashi Sessiyasiga Beruniy tumani Yoshlar daftari jamg'armasi Vasiylik Kengashi a'zolarini tasdiqlash uchun taqdim qilinmoqda.Beruniy tumani Yoshlar daftari jamg'armasi Vasiylik Kengashi tarkibi a'zoligiga nomzodlar ro'yxati deputatlarga tarqatildi.
Sessiya kun tartibidagi oltinchi masala.
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman hokimi Saparbaev Atabek Xudaybergenovich axborot berdi.
Tuman mahalliy byudjetining 2022 yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablag'lari hisobidan sektor rahbarlari boshchiligida o'tkazilgan sayyor qabullardagi aholining murojaatlarini inobatga olib, olis hududlardagi aholi manzillarida yashovchi fuqarolarga yangidan elektr energiya tarmog'i tortib berishda transformator podstansiyalari sotib olish uchun 143.000.000 (bir yuz qirq uch million) so'm mablag'larni ajratish to'g'risidagi tuman hokimligi farmoyishlari tasdiqlansin.
Tuman mahalliy byudjetining 2022 yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablag'lari hisobidan tuman obodonlashtirish boshqarmasiga:
- tuman ko'chalarini obodonlashtirish uchun artizan quduq qazish ishlariga 20.000.000 (yigirma
million) so'm,
- tungi yoritgich chiroqlarini o'rnatish uchun 15.000.000 (o'n besh million) so'm,
- dizel yoqilg'isi uchun 40.000.000 (qirq million) so'm mablag'larni ajratishga ruhsat etilsin.
Tuman mahalliy byudjetining 2022 yil 1-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan Obodonlashtirish boshqarmasi:
- Maxtumquli OFY Toza Nur aholi manzilida joylashgan kollektor ko'prigini ta'mirlash uchun 33 950 000 (o'ttiz uch million to'qqiz yuz ellik ming) so'm,
- Abay OFY 81 ko'prik aholi manzilidagi ko'prikni ta'mirlash uchun 7500000 (yetti million besh yuz ming) so'm ajratilgan.
Sessiya kun tartibidagi yettinchi masala.
Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyasi raisi Shukurlaev Kudratbek Kurbanbaevich axborot berdi.
Kun tartibdagi ushbu masala yuzasidan, 58-umumta'lim maktabi direktorligi lavozimiga nomzod Qurbanbaev Ilhom Qutlimuratovich o'z taqdimotini taqdim qildi.
Ushbu masala yuzasidan, 7-umumta'lim maktabi direktorligi lavozimiga nomzod Qadirova Nasiba Maxmudovna o'z taqdimotini taqdim qiladi.
Kun tartibdagi ushbu masala yuzasidan, 7-umumta'lim maktabi direktorligi lavozimiga nomzod Xasanova Saida Yusupovna o'z taqdimotini taqdim qildi.
Ushbu masala yuzasidan, 55-umumta'lim maktabi direktorligi lavozimiga nomzod Rajapboev Matnazar Bekimbetovich o'z taqdimotini taqdim qildi.
Kun tartibdagi ushbu masala yuzasidan, 55-umumta'lim maktabi direktorligi lavozimiga nomzod Rozimov Shakir Djumabaevich o'z taqdimotini taqdim qildi.
Deputatlar tomonidan har bir nomzodga alifbo tartibida ovoz berildi.Huddi shu tartibda nomzod Rozimov Shakir Djumabaevichga ovoz berildi. Ushbu masala yuzasidan, 56-umumta'lim maktabi direktorligi lavozimiga nomzod Karimov Ulug'bek Samandarovich o'z taqdimotini taqdim qildi.
Kun tartibdagi ushbu masala yuzasidan, 56-umumta'lim maktabi direktorligi lavozimiga nomzod Matyakubov Zokirjan Sherxanovich o'z taqdimotini taqdim qildi.
Deputatlar har bir nomzodga alifbo tartibida ovoz berdi.
Shu bilan Xalq deputatlari tuman Kengashining ellik birinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasi bo'lib o'tdi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari