“Vatanparvar” tashkiloti yoshlar bilan

02-05-2023 | 17:10

531

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʼyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4061-son qarori ijrosini taʼminlash, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yoshlarning  boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etish maqsadida  “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tumani Oʼquv sport texnika klubi tomonidan  6,9,38,46  maktab o’quvchilari  oʼrtasida 46-umumiy o’rta taʼlim maktabi stadionida  “Yozgi biatlon” harbiy – sport musobaqasining tuman birinchiligi  oʼtkazildi. Musobaqada  oʼgʼil bolalar o’rtasida 1-o’rin Shomurotov Abror 46 –maktab, 2-o’rin Saparbayev Asadbek, 6- maktab  3-o’rin Yo’ldashev Shershod 9- maktab, qiz bolalar o’rtasida   1-o’rin Yoldasheva Dilnoza 46- maktab, 2-o’rinni  Bozorboyeva Shohida 46-maktab, 3-o’rinni O’razbayeva Charos egalladilar. G’oliblarga faxriy yorliqlar berildi.