“Vatanparvar” tashkiloti boshlangʼich tashkilotiga aʼzo boʼlganlarga aʼzolik guvohnomalari topshirildi.

19-05-2022 | 16:28

669

#Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga koʼmaklashish, fuqarolar ayniqsa yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlash, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga oʼqitish hamda sportga boʼlgan qiziqishini qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tumani oʼquv-sport texnika klubida haydovchilik kasbiga  oʼqib yurib boshlangʼich tashkilotga aʼzo boʼlgan yoshlarga, “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tumani OʼSTK boshligʼi Matsapaev Sheripboy tantanali ravishda aʼzolik guvohnomalarini topshirdi.

 

#Oʼquvchi yoshlar mahoratli ustozlardan haydovchilikni oʼrganish, avtomobillarni xavfsiz boshqarish hamda texnikalarni oʼrganish barobarida sportning texnik va amaliy turlari (oʼq otish, velosiped haydash –yugurish) bilan yil davomida bepul shugʼullanishlari mumkin.