Uy-joylar ro'yxatini tuzuvchi (registrator) sifatida ishga jalb etiladigan shaxslarga qo'yiladigan TALABLAR

03-08-2022 | 11:54

445

Registratorlarni davlat statistika organlari, uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish tashkilotlari va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari hamda vaqtincha ishsizlar orasidan tanlab olish hududiy statistika organlari tomonidan tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Registrator sifatida ishga jalb etiladigan shaxs:

- O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi;

- davlat tilini bilishi;

- o'ziga biriktiriladigan registratorlik uchastkasi joylashgan  hududda, ya'ni mahallada doimiy yashab turgan;

- mahalla tadbirlarida faol qatnashib, mahalla hududi va aholisini yaxshi taniydigan;

- voyaga yetgan (18 yoshga to'lgan), muomala layoqatiga ega bo'lgan, aholi bilan muloqotga kirisha oladigan, aniq va tushunarli yoza oladigan bo'lishi talab etiladi.

 

Bir nafar registratorga to'g'ri keladigan o'rtacha 1000 ta turar joy binolari bo'yicha yuklamadan kelib chiqib, mahallalar shartli ravishda registratorlik uchastkalariga bo'linadi. Borish qiyin bo'lgan hududlarda yuklama sifatida o'rtacha 800 ta turar joy binolari olinadi.

Uy-joylar ro'yxatini tuzuvchilar sonini shakllantirishda ko'zda tutilmagan holatlarni (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklatilgan vazifalarni to'liq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olgan holda asosiy tarkibga qo'shimcha ravishda 10 foiz miqdorida zaxira kadrlar shakllantiriladi.