“Umumta'lim maktabi o'quvchilariga ikkinchi xorijiy til hamda zamonaviy kasbga o'rgatish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq, Beruniy tumanidagi maktablarning bazasi o'rganildi

24-01-2023 | 16:44

398

2023-yil “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” da belgilangan ustuvor vazifalar xususan, ta'lim-tarbiya tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishda maktab ta'limi davomida o'quvchilarga bitta kasb hamda ikkita xorijiy tilni 2023-2024 o'quv yilidan boshlab tashkil etish borasida qarorda ko'rsatib o'tilgan.

Bugun Beruniy tumanidagi XTB ga qarashli 63-69-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o'rinbosari A.Daniyarov maktablardagi mavjud holatlarni o'rgandi.

Kun mavzusi bo'lgan ijtimoiy soha obektlarini issiqlik tizimi bilan ta'minlash, xona haroratlarining issiqligi hamda maktablarning imkoniyatlari bo'yicha joyida o'rganishlar olib borildi. Bu kabi o'rganishlar boshqa maktablarda ham davom etadi. 

“Rayxon Apparel” tikuvchilik fabrikasining ish jarayoni bilan ham tanishildi. 500 ishchi o'ringa mo'ljallangan korxonada hozirdi ishchilar uchun qo'shimcha qulay sharoitlar yaratilmoqda.