19-10-2022 | 14:51
400
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. 1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tili o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.
Yer yuzida hozirgacha yashagan xalqlarning 7 mingga yaqin tili bo‘lib, ularning 96 tasiga davlat tili maqomi berilgan. Xalqlarning tarixi va bugunini o‘zida mujassam etuvchi asosi bo‘lib xizmat qiladigan so‘zlashuv vositasi bo‘lmish tillarning 2000 dan ortig‘ini 20 ta til oilasi (hind-yevropa, finugor, turkiy, mo‘gʻul, somhom, tungus-manjur, xitoytibet, dravid, papuas, indeys, nigerkongo, sudan va boshqa tillar oilasiga) birlashtiradi. O‘zbek tilining lug‘aviy boyligi 85 mingdan ortiq so‘zlardan iborat bo‘lib, dunyo aholisi umumiy sonining 42 milliondan ziyodini tashkil etadi.
Inson o‘z ona tili yordamida yangi tushunchalarni anglay boshlaydi. Ona tili bizga ona suti bilan singdiriladi. Inson ulg‘aygan sayin atrofidagilar bilan muloqot qilish, badiiy kitoblar o‘qish orqali so‘z boyligini oshirib boradi. Millatlarni ajratib turuvchi asosiy belgilaridan biri bu til ekan, har bir inson o‘z tilini bilishi, uni ulug‘lashi va shu bilan birga boshqa millatlarning ona tiliga ham hurmat bilan qarashi lozim. Til – jamiyatning asosiy tayanchi, millat ruhi va davlatchilik taqdiri. Har bir xalq va millat, davlat va jamiyatning o‘tmishi, buguni va kelajagini, uning mavjudligini birgina omil – ona tili bildirib turadi. Til – muloqot zarurati tufayli yaralgan, muloqot jarayonida insoniyat yaratgan barcha yangiliklarni, tafakkur mevalarini anglatib, avloddan-avlodga yetkazib, avaylab-asrab keladi. Shunday ekan, til va ma’naviyat bir-biri bilan uzviy bog‘liq sanaladi.
21-oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilinishi ham ona tilimizni rivojlantirish uchun muhim asos sanaladi. Tilimiz mavqeyini tubdan oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni doirasida boshlangan ishlar esa tom maʼnoda islohotlar davomidir.
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, uni rivojlantirish, til siyosatini takomillashtirish borasida respublika darajasidagi o‘ndan ortiq qonunchilik hujjatlarining qabul qilingani til muammosining yanada dolzarblashayotganini ko‘rsatadi.
Til millat ko‘zgusi unda xalqimizning asrlar silsilasidan, mustabidlik to‘fonlaridan sabr-matonat bilan bosib o‘tgan hayot yo‘li, madaniyati, tarixi, saviyasi, aql-zakovati aks etadi. Tilimizni ham inson uchun muhim omil, aziz va qadrli unsurlar qatori muqaddas bilib, pokiza va ozoda saqlash, lug‘atimiz ko‘rki bo‘lgan “Vatan”, “Ona”, “Kitob”, “Mustaqillik” kabi so‘zlar mohiyatini chuqur anglash, milliy qadriyatlarimiz hamda til boyligimizni bor butunligicha kelajak avlodlarga yetkazib berish barchamizning insoniylik burchimizdir.
S.A.Yusupova
Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining maslahatchisi
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari