18-01-2023 | 15:29
361
Har yili O'zbekiston fuqarolari tomonidan intiqlik bilan kutiladigan bir tadbir borki, bu o'zgacha va har yili yangi formatda o'tkaziladi, ya'ni Davlat rahbarining O'zbekiston xalqiga va Oliy Majlisga murojaatnomasi. Murojaatnomaga qadar bir yil davomida aholining fikri chuqur o'rganiladi. Dunyoda yuz berayotgan murakkab jarayonlardan kelib chiqib mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko'tarish, inson qadrini yuksaltirish, milliy qadriyatlarni yanada mustahkamlash, ta'lim sifatini oshirish, tibbiyot sohasini xalqimizga yanada yaqinlashtirish,
sud-huquq tizimi, investitsiya loyihalari, iqtisodiy barqarorlik qo'yinki barcha yo'nalishlar Prezident nazaridan chetda emas.
Har bir ko'tarilgan masalalar aniq va o'rinlidir. Xalqimizga yaratilgan qulay sharoit va imkoniyat o'zimizga foydali bo'lishi bo'yicha ham murojaatnomada keltirib o'tildi. Inson qadrini ulug'lash borasidagi ishlarni davom ettirgan holda 2023 yilni “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” deb nom berilishi esa, butun O'zbekistonliklar tomonidan, katta quvonch bilan kutib olindi.
Murojaatnomaning ikkinchi yo'nalishida Davlat rahbari shunday deya ta'kidlab o'tdi: “Ijtimoiy davlat bu eng avvalo, inson salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishga zarur sharoitlar yaratish, kambag'allikni qisqartirish demakdir. Shu bois birinchi navbatda e'tiborni, Yangi O'zbekiston uchun eng katta investitsiya bo'lgan ta'limni qo'llab-quvvatlashga qaratamiz”.Milliy o'zligimiz timsoli, ma'naviyatimiz asosi bo'lgan ona-tilimizga etiborning yanada kuchaytirilishi, bu yo'nalishda juda katta ishlarning amalga oshirilishini nazarda tutadi.
Ma'naviyat, ta'lim va til sohasi jamiyat taraqqiyotining muhim qismi. Shu boisdan yetilib kelayotgan yosh avlodga jozibador o'zbek tilini yanada chuqur o'rgatish, sofligini saqlash va asrash borasida yanada ko'p ishlarni qilish lozimligini ta'kidladi. Biz buni Prezident tomonidan berilgan muhim topshiriq va vazifa deb qabul qildik, bu boradagi ishlarni jadallashtirish bo'yicha yo'l xaritalarini ishlab chiqdik. Demak, 2023 yilda ta'lim sifatini yaxshilash va ma'naviy, ma'rifiy tadbirlar orqali har bir inson qalbiga kirib borishda bizga yuklatilgan vazifalar bisyor.
Beruniy tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy
ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Sanam Yusupova
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari