25-08-2022 | 16:30
468
Joriy yil 22 avgust kuni Respublikamiz Prezidenti SH.Mirziyoev ikkinchi marotaba tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Bu uchrashuvda sohadagi muammo va vazifalar tahlil qilindi, biznes vakillarining taklif va tashabbuslari o'rganilib, yangi yechimlar ko'rsatildi, tadbirkorlik rivojiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilindi.
Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan hokimlar mulk huquqiga oid qarorlarni bekor qilishiga yo'l qo'yilmaydi, ilk bor xato qilgan kichik biznes vakillari jazolanmaydi, savdo-sanoat palatasi tubdan o'zgaradi, 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo'shilgan qiymat solig'i stavkasini 12 foizga tushiriladi, degan takliflar bildirildi.
Respublikamiz Prezidenti uchrashuvda soha vakillarini qo'llab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yo'nalishda tashabbuslarni bildirib o'tdi.
Davlatimiz rahbarining zamonamiz biznesmenlariga qarata uchrashuv boshida aytgan “men sizlarga tekin advokatman” – degan so'zlari tadbirkorlarni juda quvontirdi, chunki tadbirkorlarga to'sqinlik qilgan rahbarlarga chora ko'rilishi aytildi.
Prezidentimiz uchrashuvda “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan tadbirkor” unvonini ta'sis etishni taklif qildi. Ushbu unvon ko'p ish o'rinlari yaratgan, biznesning yangi yo'nalishlarini yo'lga qo'ygan, o'z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro' topgan biznes vakillariga berilishi aytildi.
“Bizda quruvchi, madaniyat, ta'lim kabi soha vakillari uchun faxriy unvonlar mavjud. Lekin Yangi O'zbekiston poydevorini yaratishga eng katta hissa qo'shib kelayotgan zahmatkash tadbirkorlarning e'tibordan chetda qolgani adolatdan emas”,-dedi davlatimiz rahbari ochiq muloqotda.
Uchrashuvda bildirilgan barcha takliflarni amalga oshirish uchun Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha Jamoatchilik Kengashi tuziladigan bo'ldi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan katta e'tibor, imtiyozlar biznes vakillari uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Yurtimizda tadbirkorlar safi kengayib borar ekan, yangilanayotgan O'zbekistonimiz yanada gullab-yashnayveradi.
Yuldasheva Raxima Xaitbaevna
O’zLiDePdan Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari