SUD MAJLISI O'TKAZILDI...

23-05-2022 | 21:54

432

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, inson qadri, uning manfaatlari,

huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta'minlash uchun xizmat qilmoqda.

Tobora ravnaq topib borayotgan yurtimizda azaldan insonparvarlik tamoyillari, inson sha'ni va

qadr qimmati oliy masala sifatida baholangan.

 

Bugungi kunda probatsiya xizmati tomonidan sud organlari tomonidan jazo tayinlangan shaxslarning jazolarni bajarilishi ustidan nazorat qilish barobarida, ushbu toifa shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning bandligini ta'minlash, o'qishga va ishga joylashtirish, nazorat ostidagilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko'rsatish, eng asosiysi, shaxsni tarbiyalash masalalariga e'tibor qaratilmoqda. Bu borada Beruniy tumani IIB JXX Probatsiya guruhi tomonidan xam bir qator ishlar olib borildi.

 

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, o'tgan davr mobaynida sud organlari tomonidan tayinlangan jazolarni vijdonan bajargan, mehnatga halol munosabatda yondoshib, sodir qilgan qilmishlariga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga o'tgan probatsiya nazoratidagi shaxslarni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish uchun Jinoyat ishlari bo'yicha Beruniy tumani sudiga taqdimnomalar kiritildi. 2022 yil 20 may kuni bo'lib o'tgan sud majlisida JIB Beruniy tumani sudi raisi v.v.b. YE.Abibullaev tomonidan taqdimnomalar qanoatlantirilib, 7 nafar shaxslar jazolardan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

 

Ushbu shaxslar o'zlariga berilgan qonuniy imkoniyatlardan to'g'ri foydalanib, kelgusida

mamlakatimiz taraqqiyoti va jamiyatimiz rivojlanishi yo'lida astoydil mehnat qilishlarini

bildirishdi.

 

BERUNIY TUMANI IIB JXX PROBATSIYA GURUHI.