Soliqchi tadbirkorga ko’makchi

19-11-2022 | 17:26

482

Beruniy tumani Davlat soliq inspeksiyasi tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash shobasi tomonidan  Soliqchi tadbirkorga ko’makchi tamoili doirasida soliq organlari vakillari, biznes vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazib ularning muammolari yechimi yuzasidan yordam ko’rsatilmoqda.

Beruniy tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tumanda joylashgan "DOKTORS` HOUSE" Masuliyati cheklangan jamiyatida bo’lib tadbirkorlik subekti bilan yaqindan tanishishdi, ularning muammolarini o’rgandi, shuningdek soliq soxasida ro’y berayotgan yangi o’zgarishlar mazmun mohiyati tushuntirildi.

Tadbirkorlar safining ko’payib borayotgani ularga qaratilayotgan e’tibor va yengilliklar sabab bugun o’z faoliyatlarini yanada kengaytirmoqda..

Soliqchi tadbirkorga ko’makchi tizimi faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalarni tiklash, zarur ruxsatnomalarni olish buxgalteriyasini yuritish va xisobotlarni to’ldirishga amaliy yordam ko’rsatilmoqda.

Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlari to’g’risidagi PQ 5087 sonli qaroriga muvofiq biznes yuritish shart sharoitlarini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid isloxotlarni davom ettirilmoqda.