04-04-2023 | 17:40
444
Bugungi kunda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tuman soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashgan holda ularning muammolarini o‘rganib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatilmoqda.2023 yilning yanvar-mart oylaridaida 321-ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq organlariga aloqador masalalar bo‘yicha 147-ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.
2023 yil I chorak rejasi belgilangan prognoz 22 mlrd 968,4 mln. so`m bo`lib, tumanimiz soliq to`lovchilar tomonidan byudjetga 23 mlrd 202,7 mln. so`m miqdorida soliq to`lanib belgilangan prognoz 101.0 foizga bajarildi
Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan mart oyida tumanda 9 112 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari