06-08-2022 | 14:20
930
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergan edi.
Shuningdek muhtaram prezidentimizning topshirig‘iga asosan Beruniy tumanida ham uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan uchrashuvda jami 70 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida muntazam ravishda batafsil ma’lumotlar berib borilmoqda.
Bugungi kunda ham “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tuman soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashgan holda ularning muammolarini o‘rganilib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatilmoqda.
Masalan, yil boshidan 7 oy davomida 425-ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq organlariga aloqador masalalar bo‘yicha 312-ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha 58-ta sub’ektlarning 639.8 mln so‘m mavjud, ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi yoki boshqa soliq turlaridan qarzdorlik hisobiga sondirildi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, soliq to‘lovchilarga haqiqiy ma’noda ko‘makchi, o‘rgatuvchi bo‘lish soliq organlarining bosh vazifasiga aylanmoqda. Shu ma’noda, tadbirkorlar uchun yanada yengillik yaratish uchun “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishga tushirilishi sohadagi yangilik bo‘ldi.
Bu tizim orqali, soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni, e’tibor qarating tekshirishlarni emas, tahlillarni o‘tkazishi mumkin. Ya’niki, soliq to‘lovchi faoliyati davomida qandaydir xatoliklarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa yoki hisobotlarida qandaydir tafovutlar kuzatilayotgan bo‘lsa, avtomatlashgan tizim darhol soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga xatoliklarni tuzatish haqida xabarnoma jo‘natadi. Aqlli dastur o‘zi kamchiliklarni aniqlab, o‘z vaqtida tadbirkorga ko‘makchi bo‘lib, xabar berib boradi. Eng muhimi, bunda inson omili aralashmaydi.
Beruniy tumani davlat soliq inspeksiyasi joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari, xodimlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 276 ta korxonadagi 510 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.
Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 12 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 322 nafar, qurilish korxonalarida 83 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 118 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 90,2 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.
Joriy yilning 7 oyi mobaynida “Soliq hamkor” dasturi orqali Beruniy tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 108-ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 34 ta murojaat turli xil sabablarga ko‘ra rad qilingan. Ularning 74 tasida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlandi.
Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, bugungi tadbirkor kechagisidan tubdan farq qiladi. Qonunchiligimiz ham ular uchun qator yengillik va qulaylik yaratishga qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga o‘z-o‘zidan chek qo‘yilmoqda. Halol tadbirkor uchun shaffof va qonuniy ishlaydigan davr keldi. Shu bois, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni bugun 948 nafarni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 7 oy davomida tumanda 720 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari