Senator imkoniyati cheklangan fuqarolarning murojaatlarini o'rgandi

10-02-2022 | 09:28

763

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yyuil 9 avgustdagi PQ – 5217-son qarorga asosan, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizdagi imkoniyati cheklangan fuqarolarga elektr yuritmali kreslo aravachalar keltirilgan. Oddiy nogironlik aravachalaridan farqli o'laroq, elektr aravachalar ortiqcha inson mehnatini talab qilmaydi. To'liq quvvatlantirilganida 24 soat davomida boshqariladi. Mazkur aravachadan Beruniy tumaniga 8 dona keltirilgan.

 

Beruniy tumaniga tashrif buyurgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari senator Botir Matmuratov va O'zXDPartiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi raisi Xalilla Yeshimbetov, hokimlik mas'ullari bilan birgalikda elektr yuritmali kreslo aravachalarni o'z egalariga topshirdi.

 

Aholining salomatligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, nogironligi bo'lgan shaxslarni sog'lomlashtirish, ularga shart-sharoit yaratish bo'yicha barcha amaliy harakatlar soha hodimlari tomonidan bajarilmoqda. Bunday aravachalarning olib kelinishi davom etadi.