16-05-2023 | 18:08
263
Bugun Beruniy tumanida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta'lim, sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi raisi Iminov Odiljon Karimovich Beruniy tumanida bo'lib, oilaviy bolalar uylari bilan tanishdi.
Hususan, tumanda 1-2-sonli oilaviy bolalar uylari tashkil etilgan bo'lib bu yerda bolalar ota-onasi bilan yashab kelmoqda. Uyda bolalarga yaratilgan sharoit hamda tumandagi 69-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabidagi o'quv jarayonlari bilan tanishdi. Beruniy tumani hokimi o'rinbosari A.Qurbaniyazov hamrohligida 1-sonli oilaviy bolalar uyida bo'lib bolalar uchun yaratilgan barcha sharoitlarni o'rgandi.