Sektorlar faoliyatidan 1-sektor rahbarining aholi va yoshlar bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

31-01-2022 | 19:05

385

Ahoi bilan uchrashuvlar tashkil qilish, ularning murojaatlarini o'rganish orqali hududdagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Beruniy tumani sektor rahbarlari tomonidan sayyor qabullar o'tkazilmoqda. Beruniy tumani hokimi, 1-sektor raxbari A.Saparbaev Nayman MFY da aholi va yoshlar bilan sayyor qabul o'tkazdi. Qabul davomida aholidan uyali aloqa sifatini yaxshilash, elektr transformatorlarini ta'mirlash, ichki yo'llarni ta'mirlash va tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit ajratish masalalarida murojaatlar bo'ldi. Murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.

 

Shuningdek, yoshlar bilan bo'lib o'tgan uchurashuvda sektor rahbari oliy ta'im muassasalarida ta'lim olayotgan talaba yoshlarning murojaatlarini ham tingladi. Karonavirus infektsiyasining tarqalishi sabab hozirda ta'lim onlayn shaklda olib borilayotgan bo'lib, talaba yoshlar ham uchrashuvga tashrif buyurdi. Sektor rahbari  ularning qiziqishlari va takliflari bilan o'rtoqlashdi. Ularga kuchli bilim egasi bo'lish, yetuk kadr bo'lib yetishishlarida muvaffaqiyat tiladi.